"Bunyodkor" o‘rtoqlik o‘yinida Rossiya klubini mag‘lub etdi

  • 15.02.2023 21:33
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

"Bunyodkor" yangi mavsum oldidan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishda davom etmoqda.

Bugun toshkentliklar Rossiyaning "Volgar" klubiga qarshi maydonga tushdi. Bahs vakillarimizning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bellashuv taqdirini Jasur Hakimovning 85-daqiqada kiritgan yagona goli hal etdi.

Jamoalarimiz ishtirokidagi o‘yinlar natijalarini saytimiz orqali kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!