"Buyukdor" O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi bo'lgan futbolchi bilan shartnoma imzoladi

  • 10.01.2026 08:36
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

“Bunyodkor” Shahboz Umarovni oʻz safiga qoʻshib olganini eʼlon qildi.

“Qaldirgochlar” oʻz muxlislarini xursand qilishda davom etadi. Oʻz oldiga jiddiy maqsadlarni qoʻyayotgan jamoa tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.

Faoliyatining asosiy qismini xorijda, legioner maqomida oʻtkazgan hujumchi Shahboz Umarov 2026 yilni “Bunyodkor” libosida boshlaydi. Uzoq-yaqin xorijda oʻzining ajoyib oʻyini va gollari bilan muxlislar mehrini qozongan Umarov oʻz vaqtida milliy terma jamoamiz safida Osiyo kubogida ham ishtirok etgan edi.

Maʼlumot uchun, Shahboz Umarov 1999 yil 9 martda tugʻilgan. Amplusi: vinger

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!