"Buyukdor" O'zbekiston U-23 terma jamoasi a'zosini o'z safiga qo'shib oldi
Samandar Mavlonqulov 2026 yilgi mavsumni "Bunyodkor" klubida o‘tkazadi. Bu haqida klubning matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan jamoamiz tarkibni kuchaytirishni boshladi.
Safimizga iqtidorli hujumchi, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi a’zosi Samandar Mavlonqulov kelib qo‘shildi. Yosh bo‘lishiga qaramasdan Superligada 70 ta o‘yin o‘tkazishga ulgurgan hujumchi 2026 yilgi mavsumni “Bunyodkor” safida o‘tkazadi.
Umid qilamizki, Samandar o‘zining gollari bilan jamoamizning g‘alabalariga hissa qo‘shadi", - deyiladi klub matbuot xabarida.
.jpg)
Fikrlar