“Bunyodkor”ning sobiq murabbiyi Braziliyaning eng mashhur jamoasini boshqaradi

  • 16 oktabr, 2020, 10:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2009-2010 yilgi mavsumda “Bunyodkor” jamoasini O‘zbekiston chempioniga aylantirgan taniqli mutaxassis Luis Felipe Skolari Braziliyaning eng mashhur klublaridan “Kruzeyro”ni boshqaradigan bo‘ldi.

Tecno

71 yoshli mutaxassis yangi jamoasi bilan 2022 yilning oxirigacha shartnoma imzoladi.

O‘z vaqtida mamlakatning eng qudratli klublaridan biri sifatida ko‘plab sovrinlarga ega chiqqan “Kruzeyro” ayni paytda quyi liga – V Seriyada joyini saqlab qolish uchun kurashmoqda.

Ta’kidlash joizki, Skolar “Kruzeyroni” 2000-2001 yillarda ham boshqargan. O‘shanda “Kruzeyro” Braziliyadagi nufuzli turnirlardan bir – Sul-Minas kubogini qo‘lga kiritgan edi.

Braziliya terma jamoasini 2002 yilda jahon chempioni qilgan Skolari murabbiy sifatida o‘z yurtidan tashqari, Angliya, O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Yaponiya, Kuvayt milliy chempionatlari jamoalarini ham boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!