Butun dunyo nigohi qaratilgan o‘yin yoxud Cheran "Real"ni EChLning eng yaxshi klubi deb atadi, futbolimizning boshqa yulduzlari nima deydi?

  • 27 may, 2022, 22:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

28 may oqshomida butun dunyo futbol ishqibozlarining nigohi Parijda o‘tadigan Evropa Chempionlar ligasi finali – “Real” va “Liverpul” ishtirokidagi o‘yinga qaratiladi. Bu hamma kutayotgan katta o‘yin. Jumladan, yurtimizda ham ushbu klublarning ixlosmandlari juda ko‘p va orziqib bo‘lajak finalni kutishmoqda.

Ikkala klubni ham finalgacha qanday yo‘lni bosib o‘tganini bilasiz. Ayniqsa, “Qirollik klubi”ning “Chelsi”, PSJ, “Manchester Siti” kabi grand klublar ustidan erishgan qoyilmaqom darajadagi kambeklari hali ko‘p tillarda doston bo‘lsa ajab emas. “Liverpul” ham “Real”ning o‘ljasiga aylanadimi yoki aksinchami? Ushbu final oldidan futbolimizning ko‘zga ko‘ringan kishilari Sports.uz uchun o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.

Sardor Rashidov: “Real”ning darajasi umuman boshqa”

- “Real” – “Liverpul” o‘yini juda zo‘r o‘tadi. To‘g‘risini aytsam, men ko‘proq “Real”ga ishonyapman. Chunki Madrid klubi qanaqadir boshqacha o‘yin ko‘rsatadi. To‘g‘ri, “Liverpul” Angliya chempionatida ajoyib o‘yinlar va natijalar ko‘rsatdi. Ammo “Real”ning darajasi umuman boshqa, deb o‘ylayman. Shu sababli ham men uchun ispan jamoasining g‘alaba qozonish imkoniyati yuqoriroq.

file_1

Shuhrat Maqsudov: “Finalda ikkala jamoaning kuchi teng, ammo...”

- Bu bitta o‘yindan iborat. Qolaversa, hal qiluvchi final uchrashuvi. Juda mas’uliyatli bahs. Yana qaytaraman: barchasi bitta o‘yindan iborat. Eng zo‘r klublardan ikkitasi finalga chiqdi. “Real” Ispaniya chempioni, “Liverpul” Angliya vitse-chempioni. Ammo ular ham oxirigacha kurashishdi. Ikkita kuchi teng jamoa finalda o‘ynayapti. Biroq “Real” Chempionlar ligasi finalida ko‘proq o‘ynagan va shunga yarasha g‘alabalarga erishgan. Bu borada ularning tajribasi katta. Shu bois imkoniyatlar borasida 60x40 “Real” foydasiga. Ammo o‘yinda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

shuxrat111

Artyom Filiposyan: “Liverpul”ning yutishini istayman”

- “Real” hamda “Liverpul” jamoalari ishtirokidagi o‘yin juda shiddatli o‘tadi. Klublarning salohiyatidan kelib chiqsak, imkoniyatlar 50x50. Chunki bu o‘z nomi bilan final. Lekin men “Liverpul” klubining muxlisiman. Shu bois ularning yutishini istayman. Menimcha, “Liverpul” 3:1 hisobida g‘alaba qozonadi.

artyom_8

Aziz Amonov: “Real”ga muxlislik qilaman”

- Final oldida o‘z fikrimni aytadigan bo‘lsak, “Real” finalgacha o‘yin oxirlarida ajoyib kambeklarni amalga oshirib, muxlislarini juda xursand qilib keldi. Shu tariqa, meni ham quvontirdi. Rosti, finalda “Real” klubiga muxlislik qilaman.

aziz_5

Dragan Cheran: “Real” bu turnirning eng yaxshi klubi”

- Finalda favorit yo‘q. Bu o‘yin. Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Men ushbu finalni shunday ta’riflagan bo‘lardim: bu g‘alabaga intilishi kuchli, diqqatini jamlagan, maqsadi aniq va g‘oyasi puxta bo‘lgan jamoa g‘alaba qozonadigan o‘yin. Men eng yaxshi an’analarga ega bo‘lgan “Qirollik klubi”ga muxlislik qilaman. “Real” bu turnirning eng yaxshi klubi.

dragan_1

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ungboev Jamshid
28/05/2022 11:14
Levurpul