
"Buxoro" ikki futbolchi bilan shartnoma imzoladi
"Buxoro" ikkita transferni e’lon qildi.
O‘tgan mavsumning ikkinchi davradasidan, "Buxoro" safiga qo‘shilgan "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi Humoyunmirzo Iminov yangi mavsumni ham buxoroliklar safida o‘tkazadi. Mahoratli yarim himoyachi o‘tgan mavsum jamoamiz safida 12 uchrashuvda maydonga tushib 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shuningdek, tajribali himoyachi Abbos Otaxonov bilan ham shartnoma imzolandi. O‘tgan mavsum "Metallurg" safida to‘p tepgan Otaxonov jami 15 uchrashuvda maydonga tushib 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar