
"Buxoro" ikki nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Ayni paytda Farg‘onada “Hokim Kubogi” musobaqasida ishtirok etayotgan “Buxoro” klubi ham yangi qo‘shilayotgan o‘yinchilar bilan rasmiy shartnomalar imzolamoqda.
Sports.uzga ma’lum bo‘lishicha, turkmanistonlik darvozabon Roxat Japparov hamda yaqinda “So‘g‘diyona”dan qo‘shilgan yarim himoyachi San’at Shixov yangi mavsumni “Buxoro” klubida o‘tkazishlari aniq bo‘lgan.
Shu tariqa, ular buxoroliklar bilan shartnoma tuzdilar. Tez orada tarkibga yana yangi o‘yinchilarning qo‘shilishi kutilyapti.
Fikrlar