
"Buxoro" nazorat o‘yinida "Xo‘jand"ga imkoniyatni boy berdi
Ikkinchi davraga tayyorgarlikni Tojikistonda o‘tkazayotgan “Buxoro” jamoasi bugun dastlabki nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.
Tojikiston oliy ligasi ishtirokchisi ”Xo‘jand” klubi buxoroliklarning sparring-raqibiga aylandi.
Uchrashuvda dastlab “Buxoro” hisobni ochdi. “Metallurg”dan taklif qilingan Asilbek Qayumov birinchi bo‘limda mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi.
Ammo ikkinchi bo‘limda “Xo‘jand” bunga ikki bor javob qaytardi. Avvaliga Toni Bitakal, so‘ngra Nozim Bobojonov “Buxoro” darvozasiga yo‘l topa oldilar.
Fikrlar