Buxoroda O‘FAning murabbiylikka tayyorlov o‘quv kurslari bo‘lib o‘tmoqda

  • 2 iyul, 2019, 16:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi malakali murabbiylarni tayyorlash va ularning saviyasini muntazam oshirib borishga katta ahamiyat qaratgan holda tayyorlov o‘quv kurslarini o‘tkazib kelmoqda.

Jumladan, 1 iyul sanasidan e’tiboran Buxoroda O‘FAning murabbiylikka tayyorlov bo‘yicha 4 kunlik o‘quv kurslari boshlandi. Unda jami 18 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.

Mazkur o‘quv kurslarini O‘FA instruktori Vladimir Kovalenko olib bormoqda. Unga Farruh Hamroev yordam bermoqda. O‘quv kurslari davomida murabbiylik faoliyatini boshlash arafasida turgan ishtirokchilarga ushbu soha haqida dastlabki ma’lumotlar berilmoqda. Ular bilan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Mashg‘ulotlardan so‘ng ishtirokchilar imtihon topshirishadi.

Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlar "C" litsenziyasi uchun o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!