"Buxoro"ning Antaliyadagi birinchi bosqich yig‘ini yakuniga yetdi!

  • 02.02.2026 01:05
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Buxoro" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonlarini 4 yanvar kuni o‘z qarorgohida boshlagan edi. Tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi Turkiyaning Antaliya shahrida 14 yanvar sanasidan tashkil etildi. Bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov hamda murabbiylar shtabi tomonidan mashg‘ulotlar kuniga ikki mahal yuqori saviyada o‘tkazildi. Yig‘in davomida futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash, texnik va taktik ishlanmalarni oshirish ustida alohida ish olib borildi.

Dastlabki bosqich yig‘ini doirasida uchta nazorat uchrashuvi tashkil etildi. Ushbu bahslar orqali jamoaviy o‘yinni takomillashtirish hamda futbolchilarning tayyorgarlik darajasi baholandi.

14–31 yanvar kunlari yuqori intensivlikda o‘tkazilgan mashg‘ulotlardan so‘ng futbolchilarga qisqa muddatli ta’til beriladi. Tayyorgarlikning navbatdagi bosqichi esa 4 fevraldan 18 fevralga qadar davom ettiriladi. Mazkur yig‘in davomida ham 3 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!