Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Buyuk raqib: “Real” ashaddiy raqib “Barsa”ga murojaat qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Madridliklar raqibning qudratini tan oldi

Ispaniya futbolining granda “Barselona” 29 noyabr kuni 125 yillik yubileyini nishonladi. Futbol jamoatchiligi e’tiborini ashaddiy raqib “Real”ning tabrigi tortdi.

- “Barselona”ni klub tashkil etilganligining 125 yilligi bilan qutlaymiz. “Real” uchun o‘z tariximiz davomida sizdek buyuk raqib bilan musobaqalashish katta sharaf, - deb yozdi “Qirollik klubi” o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akkauntida.

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, har ikki jamoa turli darajadagi musobaqalarda jami 294 marotaba to‘qnash kelgan. Shulardan 109 tasida “Real”, 123 tasida “Barselona”ning qo‘li baland kelgan va yana 62 ta uchrashuvda g‘olib aniqlanmagan.

Bu jamoalarning oxirgi o‘yini joriy yilning 26 oktyabriga to‘g‘ri keldi va undan kataloniyaliklar safarda raqib darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q