"Cadet European Cup 2026" turniri. Hamyurtlarimiz ilk kunda 8 ta medalga ega chiqdi
Antaliyadagi "Millennium Team Cadet European Cup 2026" turnirining birinchi kuni biz uchun omadli keldi
Turkiyaning Antaliya shahri mezbonlik qilayotgan kadetlar oʻrtasidagi "Millennium Team Cadet European Cup 2026" turnirining birinchi kuni oʻsmirlarimiz uchun omadli keldi.
Terma jamoamiz murosasiz kechgan bellashuvlarda 3 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medaliga sazovor boʻldi. Iroda Sirojiddinova, Charos Hikmatova va Bobur Yusupov sharafiga Turkiya zaminida Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.
Birinchi kungi gʻolib va sovrindorlarimiz:
Oltin medallar
-40 kg: Iroda Sirojiddinova
-48 kg: Charos Hikmatova
-55 kg: Bobur Yusupov
Kumush medallar
-55 kg: Shohjahon Usmonov
-66 kg: Akromjon Karimov
Bronza medallar
-44 kg: Alina Kolyucheva
-50 kg: Ma’murjon Abduvahobov
-60 kg: Davlatbek Ahrorov
Bu haqida Oʻzbekiston judo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Izohlar (0)