
Charlz Oliveyra: Chendlerdan qochib yurmayman
Xabaringiz bor, 15 may sanasida "UFC 262" turniri bo‘lib o‘tadi. Unda divizionning ikki yangi a’zosi Charlz Oliveyra va Maykl Chendler Habib Nurmagomedov voz kechgan chempionlik kamari uchun oktagonga ko‘tariladi. Da’vogarlardan biri Oliveyra bu to‘qnashuv haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Agar Maykl zarbalar bilan jangni boshlasa, bu menga qo‘shimcha kuch beradi. U Den Xuker bilan jangda ish bergan uslubidan yana foydalanmoqchi bo‘lsa, juda qattiq adashadi.
U har gal kuchli zarba yo‘llashga harakat qilganida og‘ir zarbalar seriyasini qabul qilib olishga majbur bo‘ladi. Men Chendlerdan Xuker kabi oktagon bo‘ylab qochib yurmoqchi emasman. U bilan rosmana jangga kiraman va har bir zarbasi uchun menda etarli qarshi hujumlar bo‘ladi.
Albatta, Chendler UFC'dagi debyutida barchani hayron qoldira oldi. Ammo Xuker mashg‘ulotlar paytida to‘g‘ri ishlaganida, jang butkul boshqacha stsenariyda kechishi mumkin edi", - dedi Charlz Oliveyra.
Fikrlar