Charlz Oliveyra Mateush Gamrotga qarshi jangdan voz kechdi!
Braziliyalik UFC jangchisi Charlz Oliveyra "UFC Rio" turnirida Mateush Gamrotga qarshi jang qilishdan voz kechdi.
"Men diqqatimni kuchli "pancher" - Rafael Fizievga qaratgan edim. Endi esa jangga ikki hafta qolganda butun tayyorgarlik rejasini to‘liq o‘zgartirish - juda qiyin. Chunki Gamrot – butunlay boshqa uslub egasi. U yaxshi raqib, kuchli kurashchi va greppler, lekin u men ikki oy davomida tayyorgarlik ko‘rgan raqiblardan umuman farq qiladi", — dedi braziliyalik "Left Hook Club" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Oliveyra 70 kg vazn toifasida UFC chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan ilk braziliyalik jangchi hisoblanadi.

Fikrlar