Cheferin: "Futbolning kelajagi porloq"
UEFA prezidenti Aleksander Cheferin yosh avlodning futbolga bo‘lgan qiziqishi haqida fikr bildirdi.
"Federatsiyalar siyosat garoviga aylanib qolmoqda. Biz Evropada futbolni hech qachon qurol sifatida qabul qilmaymiz.
Bugungi kunda birdamlik jiddiy sinovlarga duch kelmoqda. Ayrimlar futbol keyingi avlodda yashab qolishi uchun o‘zgarishi kerak, deb hisoblaydi. Ular adashmoqda. Yoshlar futboldan yuz o‘girmayapti, aksincha stadionlarni to‘ldirmoqda.
Ekranlar hukmron bo‘lgan dunyoda sun’iy intellekt o‘zgarishlarni tezlashtirmoqda. Biroq hech qanday algoritm yoki bot maydondagi kurashni almashtira olmaydi. Futbol — haqiqiy va aynan shuning uchun uning kelajagi porloq" — dedi Cheferin.
Fikrlar