"Chelsi" 19 yoshli italiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Italiyaning "Kevo" klubi yarim himoyachisi Emanuel Vignato faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 19 yoshli italiyalik futbolchi "Chelsi"ning qiziqishlar doirasiga kirib qolgan. Xatto, “aristokratlar” skautlari uning o‘yinlarini kuzatish uchun Italiyaga yo‘l olishgan.
Qayd etish lozimki, Vignatoga shuningdek "Bavariya", "Inter" va "Milan" klublaridan ham qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, Vignato joriy mavsum “Kevo” safida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qilishi mumkin. Uning ayni damdagi transfer narxi 2,5 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar