"Chelsi" 6 yillik natijasini qayd etdi
"Chelsi" APLning 9-turida "Nyukasl"ni (2:0) mag‘lub etdi.
Londonliklar ketma-ket to‘rtinchi safar uchrashuvida gol o‘tkazmadi.
Avvalroq, jamoa "Byornli" (3:0), "Krasnodar" (4:0) va "Manchester Yunayted" (0:0) bilan bahsda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgandi.
Ushbu bahslarning barchasida "aristokratlar" bilan sentyabr oyida bitim imzolagan Eduar Mendi darvozani qo‘riqladi.
So‘nggi bor, 2014 yilda Joze Mourino boshchiligidagi "Chelsi" safarda ketma-ket 5 ta bahsda "quruq o‘yin" o‘tkazgandi.



Fikrlar