
“Chelsi” 9 futbolchidan voz kechdi
“Chelsi”ning amerikalik xo‘jayini Todd Byoli yozda jamoa tarkibini tubdan o‘zgartiradigan bo‘lyapti. Hozirgi tarkib o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni uddalay olmayapti.
Klub mutasaddilari jamoaga katta yulduzlarni olib kelmoqchi. Hozircha, keladiganlar ro‘yxatiga Deklan Rays va Dushan Vlaxovich kabi qimmatbaho futbolchilar kiritilgan.
Bu transferlarni amalga oshirish uchun klub ortiqcha o‘yinchilardan qutilishi kerak. Football London portalinin ma’lum qilishicha, “aristokratlar” 9 nafar o‘yinchini transferga qo‘yadi.
Demak, jamoani Per-Emerik Obameyang, Ruben Loftus-Chik, Kristian Pulishich, Hakim Ziesh, Konor Gallaxer, Eduar Mendi, Armando Broya, Kay Xaverts, Meyson Maunt tark etishi kutilmoqda. Bu transferlar klub g‘aznasiga 318 million evro atrofida daromad keltiradi.
Fikrlar