Asosiy mazmunga oʻtish

«Chelsi» Angliya terma jamoasi himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Chelsi» 24 yoshli «Everton» markaziy himoyachisi Jarrad Brantueytni olishni ko‘rib chiqmoqda, ammo «Everton» uni sotishni istamayapti.

Londonning «Chelsi» klubi «Everton» markaziy himoyachisi Jarrad Brantueytni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida Football Insider nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Chelsi» 2027 yilda himoya markazini kuchaytirmoqchi. 24 yoshli futbolchi londonliklar qiziqish bildirayotgan nomzodlardan biri hisoblanadi. Biroq uning transferi uchun «Manchester Yunayted» va xorij klublari ham raqobat qilishi mumkin.

«Everton» hozircha Brantueyt bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti va uni jamoada imkon qadar uzoqroq saqlab qolmoqchi. Himoyachi joriy mavsumda jamoaning muhim futbolchilaridan biriga aylandi. O‘tgan oyda esa ikki yildan ortiq vaqt ichida ilk bor Angliya terma jamoasiga chaqiruv oldi.

Avvalroq «Chelsi» va «Everton»ning sobiq futbolchisi Pet Nevin Brantueytni londonliklar uchun ideal nomzod deb atagan edi.

«U yoshi jihatidan ham mos va eng yuqori saviyadagi futbolchi. Menimcha, uni har qanday klub o‘z safiga qo‘shib olishni istardi. Brantueyt ajoyib futbolchi. U barcha jihatdan “Chelsi”ga mos keladi», — dedi Nevin.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q