
“Chelsi” bir mavsumda 64 ta gol “egan” darvozabonni qimmat narxga olmoqchi
“Chelsi” mutasaddilari jamoaga yangi darvozabon qidiryapti. Joriy mavsum jamoa darvozasini ispaniyalik Robert Sanches va serbiyalik Jorj Petrovich qo‘riqladi.
“Aristokratlar” uchinchi darvozabon Kepa Arrisabalagani “Real”ga ijaraga yubordi. Biroq u ham Ispaniya chempionatida o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q va yozda Londonga qaytadi.
“Chelsi” qabul qilib olishga tayyorgarlik ko‘rayotgan yangi bosh murabbiy Entso Mareska birinchi raqamni umuman boshqa golkiperga topshirmoqchi.
Ispaniyalik jurnalist Nacho Sanchesning ta’kidlashicha, “aristokratlar” bu pozitsiyaga “Vilyarreal”ning asosiy darvozaboni Filip Yorgensenni mo‘ljallamoqda.
22 yoshli daniyalik posbon endigina “Vilyarreal” asosiy darvozaboniga aylandi. Bu mavsum La Ligada 36 ta va Evropa Ligasida bitta, jami 37 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z darvozasidan 64 to‘p olib chiqdi.
Filip Yorgensen ko‘p gol o‘tkazganiga qaramay, londonliklar uning iste’dodini yuqori baholamoqda va bu transfer uchun 40 million evro tikishga tayyor.
Fikrlar