
"Chelsi" boshqaruv shtabida o‘zgarish bo‘ladi
Londonning "Chelsi" klubi tez orada klubga tayinlanuvchi yangi texnik direktor nomini e’lon qiladi, deb yozdi jurnalist Florian Plattenerg.
Ushbu lavozimga nomzod katta ehtimol bilan avvalroq "Leyptsig"da xuddi shu sohada ishlagan germaniyalik Kristofer Vivell bo‘lishi kutilmoqda.
36 yoshli mutaxassis allaqachon ish vizasini qo‘lga kiritgan va tez orada o‘z vazifasini boshlaydi. U London klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.
Vivellning advokati muzokaralar yakunlangani va funktsioner allaqachon Londonga uchib ketganini tasdiqladi.
Fikrlar