
"Chelsi" Bundesliganing yosh yulduzini yaqin haftalar ichida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Chelsi" Jeymi Gittensni iyun oyining yarmigacha o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
"The Telegraph" nashrining xabariga ko‘ra, londonliklar "Borussiya" bilan yosh yarim himoyachi transferi yuzasidan muzokara olib bormoqda. Klublar 15 iyundan AQShda boshlanadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga yo‘l olishidan avval kelishuvni yakunlashni istamoqda. Ayni o‘yinchiga "Chelsi" yanvardayoq qiziqish bildirgan.
Angliyalik vinger avval "aristokratlar" akademiyasida tarbiyalangan, ammo professional faoliyatini Germaniyada boshlashga qaror qilgan. Uning transferi taxminan 50 million funtga tushishi kutilmoqda. Futbolchining shartnomasida aynan shu miqdorda to‘lov belgilab qo‘yilgan.
"Chelsi" bu transferga to‘liq e’tibor qaratgan, chunki hozirda klubda ijarada to‘p surayotgan Jeydon Sanchoning kelajagi noaniq. APLda kuchli 14likka kirilgani uchun londonliklar uni 20–25 million funtga sotib olishlari shart yoki 5 million funt jarima to‘lashlari kerak bo‘ladi.
Fikrlar