"Chelsi" Enco Fernandezga narx belgiladi
Oxirgi kunlarda chet el nashrlarida Madridning "Real" klubi yozgi transfer oynasida "Chelsi" futbolchisi Enzo Fernandezni oʻz safiga qoʻshib olish haqida xabarlar chiqmoqda.
Manba maʼlumotiga koʻra, London klubi rahbariyati argentinalik futbolchiga narxni belgilab qoʻygan. Maʼlum boʻlishicha, "aristokratlar" Enzo uchun 115 million talab qilmoqda. Xavbekning oʻzi ham "Real"ga oʻtishni istayapti.
Maʼlumot uchun, 25 yoshli futbolchi joriy mavsum London klubi safida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol va 4 ta golli uzatmani oʻz nomiga yozdirib qoʻygan.
Fikrlar