"Chelsi" futbolchisi hali ham jarohatdan to‘liq tuzalmaganini aytdi
“Chelsi” a’zosi Koul Palmer “Everton” (2:0) ustidan ustidan qozonilgan g‘alabaga izoh berdi. Uchrashuvda jamoasining ilk goliga aynan Palmer mualliflik qildi.
“Men o‘zimni eng yaxshi holatimdaman deb aytmagan bo‘lardim. Hali ham jarohat bilan kurashyapman. Yaxshilanib borayapman, deb umid qilaman, lekin ustida ishlashim kerak bo‘lgan jihatlar bor. Ahvolim tobora yaxshilanmoqda. Fizioterapevtlar meni nazorat qilishmoqda. Eng muhimi — shoshilmaslik. Jarohatdan to‘liq tuzalib, yanada oldinga siljashga umid qilaman”, — dedi futbolchi BBC Match of the Day dasturiga.
Ma’lumot uchun, “aristokratlar” APL turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Londonliklar navbatdagi bellashuvni 16 dekabr kuni Liga kubogida “Kardiff”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar