“Chelsi” futbolchisi o‘zini ko‘rsata olmagani uchun uyga qaytmoqda
"Bavariya" safida harakat qilib kelayotgan hujumchi Nikolas Jekson mavsum yakunlangach, "Chelsi"ga qaytadi. Bu haqida "Topskills Sports Uk" nashri xabar bermoqda.
Manbada yozilgan ma'lumotga ko‘ra, Jekson o‘z o‘yini bilan Myunxen klubi rahbariyatini hayratda qoldira olmagan. Shu sababli nemis jamoasi uni ijarasi muddati tugagach sotib olmoqchi emas. Shu bilan birga, "Bavariya" allaqachon Harri Keynning o‘rnini vaqti-vaqti bilan to‘ldirib turadigan yangi hujumchi qidirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" yozda 24 yoshli forvardni "Chelsi"dan ijaraga olgan edi. Senegalik futbolchi joriy mavsum Myunxen klubi safida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar