"Chelsi" katta transferni rasmаn e'lon qildi

  • 30.07.2026 17:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londondagi «Chelsi» klubi «Kristal Pэlas» va Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Maksans Lakrua bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. 

26 yoshli futbolchi 2032 yilgacha mo‘ljallangan kelishuvga qo‘l qo‘ydi va rasmiy jamoaga 2026/2027 yilgi mavsum boshlanishi oldidan qo‘shiladi. Bu haqida londonliklar rasmiy saytida ma’lum qilindi.

O‘tgan mavsumda Lakrua barcha musobaqalar doirasida klubi safida 55 ta o‘yin o‘tkazdi, uchta gol urdi va yana uchta golli uzatma muallifi bo‘ldi. 

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining transfer bahosi 50 million yevroni tashkil etadi. 

2026 yili AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkazilgan jahon chempionatida himoyachi Frantsiya terma jamoasi tarkibida uchta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo samarali harakatlar bilan ajralib turmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!