Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Chelsi" Konate transferidan voz kechdi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Himoyachiga hali hamon grand klublar qiziqmoqda

"Liverpul" markaziy himoyachisi Ibraima Konate "Chelsi"ga o‘tmaydi. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, londonliklar fransuz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini muhokama qilgan, ammo yakunda bu variantdan voz kechishga qaror qilgan.

Qayd etilishicha, Konate yaqin orada erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lsa-da, uning yuqori maosh talablari "Chelsi"ni bu transferdan qaytargan.

Shu bilan birga, 27 yoshli himoyachiga qiziqish saqlanib qolmoqda. Uning xizmatlariga PSJ, "Bavariya" va "Real" da’vogarlik qilmoqda.

Konate o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 51 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q