"Chelsi" Lempard o‘rniga nomzodlarni o‘rganmoqda
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempardning taqdiri APL 17-turida "Manchester Siti"ga (1:3) boy berilgan imkoniyatdan so‘ng, so‘roq ostida qolmoqda.
The Athletic nashrining xabariga ko‘ra, London klubi oxirgi 7 ta bahsning 4 tasida mag‘lub bo‘lgandan so‘ng, bosh murabbiy o‘rniga boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda.
Shu qatorda, murabbiyning ba’zi futbolchilar munosabati keskinlashib borayotgandi vaziyatni og‘irlashtirmoqda.
Manbada, 42 yoshli mutaxassis vaziyatni o‘nglab, natijalarni yaxshilay olsa, mavsum so‘nggigacha ish joyida qolishi qo‘shimcha qilingan.
Fikrlar