“Chelsi” Osimxen transferini nega barbod qildi?

  • 25 iyul, 2024, 18:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Transferlarga pul ayamaydigan “Chelsi” rahbariyati anchadan beri “Napoli” hujumchisi Viktor Osimxenga xaridor bo‘lib kelayotgan edi.

Metro nashrining yozishicha, bu transfer amalga oshmaydigan bo‘ldi. Bunga sabab Italiya klubi va futbolchining o‘zi ortiqcha mablag‘ talab qilayotganidir.

Manbaga ko‘ra, “aristokratlar” neapolliklar talab qilayotgan 130 million evro atrofidagi badal puli to‘lashdan bosh tortgan. Shuningdek, “Chelsi” xo‘jayinlariga nigeriyalik forvard har mavsum uchun 11-12 million evro maosh so‘rayotgani ham yoqmadi.

Viktor Osimxenning “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etadi. 25 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda 32 ta uchrashuvda 17 ta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!