
"Chelsi" o‘z maydonida ortiqcha qiyinchiliksiz g‘alaba qozondi
Evropa chempionlar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Lill" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 8-daqiqada Xaverts o‘yinda hisobni ochgan bo‘lsa, 63-daqiqada Pulishich oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 16-dan 17 martga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar