“Chelsi” o‘zi muhtoj bo‘lgan o‘yinchini olishga qo‘rqyapti

  • 3 yanvar, 2022, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” chap qanot himoyachisi ben Chiluellning jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqani “aristokratlar”ga qimmat tushmoqda.

Londonliklar uning o‘rnini bosa oladigan futbolchi uchun xarajat qilishga majbur. Hozircha, chap qanotda o‘ynab turgan Markos Alonso yaxshi himoyalangani bilan o‘z qanotidan hujumga o‘tish uchun tezligi pand bermoqda.

“Chelsi” bu pozitsiyaga “Milan”dan ketish ilinjida yurgan Teo Ernandesni olib kelishni mo‘ljallamoqda. Lekin “aristokratlar”ni ikkita masala o‘ylantirib turibdi.

Birinchidan, milanliklar frantsiyalik himoyachi uchun katta summa – 60 million evro talab qilyapti. Ikkinchidan, bu o‘yinchi shu summaga olingan taqdirda ham Angliya premer-ligasi tempiga moslasha olmasligi mumkin.

Teoni transfer qilishga qo‘rqayotgan “Chelsi” mutasaddilari endi e’tiborini “Everton” bosh murabbiyi Rafael Benites bilan urishib qolgan Lyuka Dinga qaratmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!