“Chelsi” qadrlamagan darvozabonni 8 ta klub talashyapti

  • 14 iyun, 09:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” darvozaboni Jorje Petrovich kelasi mavsum oldidan o‘ziga jamoa topishi kerak. 25 yoshli golkiper o‘tgan mavsumni Frantsiya chempionatida “Strasbur” jamoasida ijarada o‘tkazdi.

Tecno

Garchi bu posbon “aristokratlar”ga kerak bo‘lmay qolgan bo‘lsa-da, uni sakkizta jamoa talashyapti.

Asosiy da’vogar sifatida Angliya Premer-ligasiga qaytgan “Lids” tilga olinmoqda. Bu jamoa mahoratli darvozabon qidiryapti.

Bundan tashqari, “Strasbur” Petrovichni yana bir yil ijaraga olish istagini bildirdi.

Shuningdek, “Aston Villa”, “Brentford”, “Vulverxempton”, “Bayer”, “Yuventus” va “Fiorentina” ham 25 yoshli serbiyalik posbonni o‘z safiga chorlayapti.

“Chelsi” Petrovichni 2023 yilning yozida MLSning “Nyu-Inglend Revolyushn” klubidan 13,6 million funt sterling evaziga transfer qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!