
"Chelsi" sobiq futbolchisi: "U kun kelib, "aristokratlar"ning afsonasi va sardori bo‘ladi"
Jon Obi Mikelning ta’kidlashicha, Moyzes Kaysedo bir kun kelib "Chelsi" sardori bo‘ladi.
"Biz Kaysedo va uning "Chelsi”dagi faoliyatini yaxshi boshlanmagani va dastlabki bir necha o‘yinlarda ko‘p xatolar bo‘lgani haqida gaplashdik. Hamma o‘ylardi: "Nega biz bu odam uchun shuncha pul to‘ladik?"
Endilikda esa, biz uning "Brayton"da ko‘rsatgan o‘yinini va shunga o‘xshash narsalarni ko‘ryapmiz. U mutlaqo ajoyib futbolchi ekanligini isbotladi. Maydondagi o‘yini va o‘zini tutishidan ko‘rish mumkinki, unda "ego" yo‘q. U shunchaki fantastik futbolchi. Men unga qaradim va jamoa uchun naqadar kerakli ekanligini his qildim.
U qandaydir darajada Kanteni eslatadi. Murabbiyga ham unga shunday ishonch bildirgani uchun rahmat aytish kerak.
O‘ylaymanki, bir kun kelib u jamoa sardori va lideriga aylana oladi", - dedi "Chelsi"ning sobiq yarim himoyachisi.
Fikrlar