
“Chelsi” uchinchi super transferni amalga oshirmoqda
Aksariyat grandlar o‘zlari istagan futbolchilarni qo‘lga kiritish maqsadida muzokaralarga berilib ketgan bir paytda Roman Abramovich jamoasi masalalarni tez hal qilmoqda.
Hali transfer bozori ochilmay turib, “Ayaks”dan Hakim Ziesh va “Leyptsig”dan Timo Vernerni transferini ijobiy hal qilgan “Chelsi” endi “Lester” himoyachisi Ben Chiluellni olishga harakat boshladi.
Frenk Lempard tajribali himoyachi Markos Alonsoning o‘yinidan qoniqmayapti va uning o‘rniga oyog‘i chaqqon yosh himoyachi olib kelishni so‘rayapti. Londonliklar Ben Chiluell uchun 60 million funt berishga tayyorligini ma’lum qildi.
Fikrlar