“Chelsi” ustozi alamli mag‘lubiyat sababini aytdi

  • 19.04.2026 10:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” bosh murabbiyi Liam Rosenyor Angliya Premier-ligasining 33-turida “Manchester Yunayted”dan 0:1 hisobida uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi.

- Bu og‘ir o‘yin bo‘ldi. Biz xatolarga yo‘l qo‘ydik va yaratilgan imkoniyatlardan foydalanа olmаdik. Agar shunday qilsangiz va o‘yinlarni yutmasangiz, vaziyatni imkon qadar tezroq yaxshilash kerak.

Seshanba kuni bizda o‘yin borligidan xursandman, u bizga o‘zimizni tiklashga yordam beradi, Braytonga borib, hammasini to‘g‘rilashimiz kerak.

Bugun ko‘p imkoniyatlar yaratdik. Ammo masala ularni yaratishda emas, balki ulardan foydalanishda. Biz to‘rt marta ustunga tegdik, demak maqsaddan uncha uzoq emasmiz, - dedi Rosenyor TNT Sports nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!