"Chelsi" Villianni La Liga grandlariga sotishni istamadi

  • 17 iyun, 2019, 22:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Londonning "Chelsi" klubi rahbariyati jamoa vingeri Villianni qo‘yib yubormoqchi emas.

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra "Atletiko" va "Barselona" 30 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 40 mln evro taklif qilishgan. Biroq, “aristokratlar” har ikkala jamoaga ham rad javobini bergan.

Villianning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi kelgusi yil o‘z nihoyasiga etadi va shu sababli londonliklar hozirda u bilan kelishuvni uzaytirish borasida ish olib borishmoqda.

Ma’lumot uchun, Villian o‘tgan mavsum “Chelsi” safida jami 56ta o‘yinda maydonga tushdi va 8ta gol hamda 14ta assistga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!