"Chelsi" yosh iqtidor egasini yana ijaraga berib yubordi

  • 8 sentabr, 2020, 08:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" himoyachisi Itan Ampadu yangi mavsumni "Sheffild Yunayted"da o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

“Sheffild” 19 yoshli uelslik futbolchini 2021 yilning yozigacha ijaraga oldi. Itan yangi jamoasida 13-raqamda to‘p suradi.

Ampadu 2017 yildan buyon “Chelsi” futbolchisi hisoblanadi. O‘tgan davr mobaynida u “aristokratlar” safida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushdi. Orada “RB Leyptsig”ga ijaraga ham berib yuborildi. U yosh bo‘lishiga qaramay Uels terma jamoasida shu kungacha 11 ta uchrashuv o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!