
"Chelsi" yozda portugaliyalik hujumchini sotib olmoqchi
"Chelsi" yozda hujumchi sotib olishni rejalashtirgan. Variantlar orasiga "Benfika" futbolchisi Gansalu Ramush ham qo‘shildi, deya xabar bermoqda "Sport Witness" nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, "aristokratlar" Entso Fernandes transferi uchun bo‘lgan muzokaralar vaqtida Portugaliya klubi bilan Ramushning potensial transferi borasida ham gap borgan.
"Benfika" 21 yoshli futbolchi uchun tahminan 100 million evro istaydi. Unga Angliyadan "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" klublari ham qiziqmoqda.
Ramush nafaqat mundilda xet-trik amalga oshirdi, ushbu mavsum "Benfika" safida 31 ta yo‘inda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 8 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar