“Chelsi”ning nazari “Lans” futbolchisiga tushdi. U kim ekan?

  • 21 iyul, 2024, 09:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” skautlar Evropa bo‘ylab iste’dodli yoshlarni qidirishni an’anaga aylantirgan. “Aristokratlar” nazariga “Lansda o‘ynayotgan frantsiyalik hujumchi Eli Vaxi tushdi.

21 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasi guruh bahsida “Arsenal” darvozasini ishg‘ol qilganidan keyin bir necha jamoalar e’tiborini o‘ziga qaratgan edi.

“Lans” rahbariyati londonliklar himoyachisi Malang Sarrga qiziqish bildiryapti. “Chelsi” vaziyatdan foydalanib, o‘z safiga Eoi Vaxini qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Ayrim manbalarning tasdiqlashicha, “Chelsi” Eli Vaxini hujumchi “Monpele”da o‘ynab yurgan davrdan beri kuzatib keladi. O‘shanda yosh forvard jamoasining mavsumdagi eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.

“Lans” bir yil muqaddam Vaxini 30 million evroga xarid qilib, klubning rekord transferini amalga oshirgan edi. Bu futbolchi Frantsiya chempionatidagi to‘rt yillik faoliyati davomida jami 41 ta gol muallifi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, “Lans” jamoasida legionerimiz Abduqodir Husanov to‘p tepmoqda. 20 yoshli futbolchimiz ham jamoaga Eli Vaxi bilan bir paytda olib kelingan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!