"Chelsi"ning yangi ustoziga Mourino kabi bo‘lishni maslahat berishdi

  • 03.10.2022 09:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

"Chelsi"ning sobiq himoyachisi Jon Terri londonliklarning yangi ustozi Grem Potterga maslahat berdi. "Brayton"ning sobiq bosh murabbiyi sentyabr oyi boshida ishdan bo‘shatilgan Tomas Tuxel o‘rniga "Chelsi" boshqaruviga keldi.

"Chelsi" boshqaruvidagi birinchi mashg‘ulotdanoq o‘yinchilarni o‘zingizga ishontira olishingiz juda muhim. Joze Mourino bilan shunday bo‘lgan: u "Chelsi"ga kelganida, hech birimiz Joze haqida bilmasdik, lekin Mourino shu zahotiyoq o‘zini qanday mutaxassis ekanligini ko‘rsatdi. Agar Potter o‘zini shunday tutsa, o‘yinchilar uni darhol hurmat qilishadi", - deya Terrining so‘zlarini keltiradi "Mirror".

"Chelsi" shanba kuni Potter qo‘l ostida Premer liganing birinchi o‘yinida "Kristal Pelas"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!