Chempionlik uchun yaqinlashayotgan Muhammad Shexov Vengriyada ringga ko‘tariladi

  • 23 aprel, 14:17
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

26 aprel kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahridagi "Folyondar Sports Hall" majmuasida professional boks oqshomi o‘tkaziladi.

Ahamiyatlisi, ushbu boks turniri doirasida ikkinchi eng engil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan charm qo‘lqop ustamiz Muhammad Shexov venesuelalik Orlando Moralesga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang 8 raund etib belgilangan.

Ma’lumot uchun, buxorolik 32 yoshli bokschimiz faoliyati davomida 16 ta jang o‘tkazib, 15 g‘alaba va 1 ta durang qayd etgan. U so‘nggi jangini o‘tgan yilning dekabr oyida xitoylik Zong Liuga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan va vakant bo‘lib turgan IBF Intercontinental kamarini qo‘lga kiritgandi. Shexov hozirda WBO reytingida 5-o‘rinni egallab turibdi.

Uning bo‘lajak raqibi, 20 yoshli Orlando Morales hisobida esa 13 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat bor.

Avvalroq, Vengriyadagi mazkur turnirda Shohjahon Abdullaev va Komronbek Turg‘unboevning ham ringga ko‘tarilishi haqida xabar bergan edik. 

Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi ma’lum qilmoqda,

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!