Cheran 17 gol bilan “Paxtakor”ning 2023 yildagi to‘purari, keyingi o‘rinlarda esa... (Foto)

  • 13 dekabr, 2023, 17:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dragan Cheran “Paxtakor”ning 2023 yildagi to‘purari bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Superligada ketma-ket beshinchi marta to‘purarga aylangan Dragan mavsumda jami 17 gol muallifi bo‘ldi.

“Paxtakor” 2023 yildagi rasmiy uchrashuvlarda 58 bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shundan 57 gol "sherlar" tomonidan urildi, bir to‘pni raqib o‘yinchisi o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. Cherandan keyin Aziz Turg‘unboev 9 gol bilan ikkinchi to‘purarlikka erishdi. Bir davra o‘ynagan bo‘lsa-da, Hojimat Erkinov 7 to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Jadval orqali “Paxtakor”ning 2023 yildagi barcha gollari mualliflari bilan tanishing.

paxta_4

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!