Cheyl Sonnen: "Magomed Ankalaev va Aleks Pereyra o‘rtasidagi ilk jangni o‘tkazmaslik uchun hamma ishni qildik"

  • 24.09.2025 19:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC sobiq jangchisi, hozirda ekspert va analitik sifatida faoliyat yuritayotgan Cheyl Sonnen rossiyalik Magomed Ankalaev va braziliyalik Aleks Pereyra o‘rtasidagi revansh haqida gapirdi.

"Magomed Ankalaev va Aleks Pereyra o‘rtasidagi ilk jang hech kimga kerak emas edi, biz uni o‘tkazmaslik uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni qildik. Biroq baribir buni amalga oshirishga to‘g‘ri keldi. Endi esa yana shu jangni tashkillashtiryapmiz. Bu aslida jangchilarning o‘zi ham xohlamagan bir to‘qnashuvdir", - dedi amerikalik.

Ma’lumot uchun, Ankalaev va Pereyra qarama-qarshiligi 5 oktyabr kuni "UFC 320" turnirida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!