Asosiy mazmunga oʻtish

Boshqalar

Chirchiqda ommaviy badantarbiya mashqlari o‘tkazildi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Respublikamizda ertalabki ommaviy badantarbiya mashqlari tashkil etildi

Xabaringiz bor, 18 noyabr O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. Ushbu kun munosabati bilan bugun 15 noyabrda Toshkent viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatning barcha tuman va shaharlarida ertalabki ommaviy badantarbiya mashqlari tashkil etildi.

Xususan, Chirchiq shahridagi "Kimyogar" madaniyat saroyi oldidagi ochiq maydonda ham viloyat Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, Yoshlar ishlari agentligi Chirchiq shahar bo‘limining yoshlar etakchilari, Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda Chirchiq sport maktabi sportchilari, trenerlar va keng jamoatchilik ishtirok etishdi.
Maqsad-jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q