
Chorak finalning o‘zidayoq katta yo‘qotishga duch kelamiz
Sport olamida 4 yillikning eng nufuzli musobaqalaridan biri Evropa chempionati bahslari o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Allaqachon pley-off bellashuvlari xam boshlanib ketgan. Kecha bo‘lib o‘tgan Angliya - Slovakiya va Ispaniya - Gruziya bellashuvlaridan so‘ng navbatdagi chorak finalchilar aniqlandi.
Dramaga aylanib ketgan Angliya - Slovakiya o‘yinida Jud Bellingemning so‘nngi daqiqalarda kiritgan super goli evaziga “uch sherlar” bellashuvni “ekstra-taym”larga qadar davom etishini ta’minladi. Qolgan vaqt davomida tajriba o‘z so‘zini aytdi va Xarri Keyn g‘alaba to‘pini kiritib, futbol vatani vakillariga chorak final “eshiklarini ochdi”.
Narigi o‘yinda esa Ispaniya milliy terma jamoasi Xvicha Kvaratsxeliya etakchiligidagi Gruziya amalda xech qanday imkoniyat qoldirmadi va yirik 4:1 xisobida mahv etdi. Avvaliga Le Normandning avtogoli evaziga oldinga chiqib olgan gurjilar keyinchalik raqibiga aytarli qarshilik ko‘rsatolmadi.
Shu tariqa, bu safargi turnir bizga final oldi finalni taqdim etib beradigan bo‘ldi. 5 iyul kuni Toshkent vaqti soat 21:00 da Shturgartdagi “MXR-Arena” stadionida mezbon Germaniya yarim final yo‘llanmasi uchun Ispaniya bilan bahs yuritadi.
Fikrlar