
Coca Cola Superliga. Bugungi o‘yin kech boshlanadi
Coca Cola Superligasi 24-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Metallurg” o‘yini 24 noyabr kuni soat 15:15 da boshlanishi kerak edi, ammo uchrashuvni translyatsiya qilish uchun Toshkentdan Navoiyga yo‘l olgan ko‘chma televizion stantsiya noqulay ob-havo tufayli o‘z manziliga kutilganidan kech etib borishi bois, mazkur bahs 17:00 ga ko‘chirildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Coca Cola Superliga. 24-tur
24 noyabr, seshanba
17:00 QIZILQUM — METALLURG.
Fikrlar