
Coca Cola Superliga. "Lokomotiv" yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Hozirgina Coca Cola Superliga 4-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" hamda "Metallurg" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Toshkentda kechgan uchrashuvda mehmonlar 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Abror Toshqo‘ziev, Shahzod Ubaydullaev hamda Salamat Qutiboev mualliflik qilishdi.
Fikrlar