
Dastin Pore Xabibni o‘rniga Fergyusonga qarshi jang qiladimi?
UFCning engil vazn toifasida amaldagi chempioni Xabib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes rossiyalik jangchi va amerikalik Toni Fergyuson o‘rtasidagi mumkin bo‘lgan jangga tayyorgarlik imkoniyatlari haqida gapirdi. Mendesdan Xabibga jiu-jitsu mahoratini o‘rgatadigan sparring sherik kerakmi deb so‘rashdi.
“Habibga hech qanday maxsus sparring sherik kerak emas. U har bir yakkakurash turidan mashg‘ulot o‘tkazish uchun kerak bo‘lgan hamma narsaga ega. Jamoamiz yakkakurashning barcha turlarini qamrab oladi ”, - dedi Mendes AKA Fight News videoblogida.
Fergyuson UFC prezidenti Dana Uaytdan 14 dekabr kuni Las-Vegasda UFC 245 musobaqasi doirasida Nurmagomedov bilan jang tashkil qilishni talab qildi. Fergyusonning 7 sentyabr kuni Nurmagomedovga yutqazgan hamyurti Dastin Pore esa bunga qarshi bo‘lib, bu jangda Xabibni o‘rniga oktagonga chiqishga tayyor ekanligini bildirdi.
Fikrlar