
David Silva Shomurodovning sobiq ustozi o‘rnatgan rekordni yo‘qqa chiqardi
"Real Sosedad" yarim himoyachisi David Silva jamoaning sobiq futbolchisi Valeriy Karpinga tegishli bo‘lgan klub rekordini yangiladi.
Gap shundaki, Silva “Sosedad” safida gol muallifi bo‘lgan eng keksa futbolchiga aylandi. Yarim himoyachi Ispaniya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan "Levante"ga qarshi o‘yinda 36 yoshu 118 kunligida gol urdi. Karpin esa 36 yoshu 59 kunligida gol urgan.
Silva joriy mavsumda “Real Sosedad” safida barcha turnirlarda jami 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar