Davide Anchelotti shunchaki Karlo Anchelottining o‘g‘li emas, balki...

  • 19 aprel, 2024, 18:03
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bizga yil o‘yinini taqdim etgan Chempionlar ligasi chorak finalida "Real" penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. Javob uchrashuvidagi eng kam tilga olinayotgan inson bu Davide Anchelotti.

Tecno

Karlo Anchelotti Xosep Gvardiolaga qarshi hech qanday taktika ishlatmasdan shunchaki futbolchilarni maydonga tushirib yuboradi, degan memlar internetni egallab olgan. Aslida ham shunday. Italiyalik murabbiy bu borada hech nima qilmaydi, uning o‘rniga o‘g‘li mazkur vazifani o‘z zimmasiga olgan. Aynan penaltilar seriyasida kimlar 11 metrlik jarima zarbalarini amalga oshirishini ham Davide tanlab bergan. Qaysidir ma’noda "Siti"ga qarshi bahsning eng yaxshi murabbiyi kichik Anchelottidir. 

Davide Ancelotti: “Our great stars have no ego” - Managing Madrid

Davide Anchelotti shunchaki Karlo Anchelottining o‘g‘li emas, balki uning "Real Madrid"dagi yordamchi murabbiyi va kelajakda o‘zi ham bosh murabbiy bo‘lishni orzu qilayotgan yosh taktikachi. Ammo 34 yoshli mutaxassis hozircha otasi bilan birga ishlayotganidan xursand, deyiladi "The Athletic" nashrida.

Davide 1990 yilda tug‘ilgan, o‘shanda Karlo "Milan"da o‘ynayotgandi. Dastlab, futbolchi bo‘lish uchun klub akademiyasida tahsil olishni boshlaydi. Biroq, u asosiy jamoaga o‘ta olmadi va boshqa yo‘ldan ketishga qaror qildi. 

Bayern Munich's Backroom Boys: The Men Behind Carlo Ancelotti | News,  Scores, Highlights, Stats, and Rumors | Bleacher Report

U Milan universitetida sport fanidan tahsil olib, murabbiylikka qiziqib qoladi. Otasiga 2012-yilda PSJda fitnes murabbiyi sifatida qo‘shilgan, keyin esa 2013-yilda u bilan birga “Real Madrid”ga fitnes bo‘yicha murabbiyning yordamchisi sifatida ko‘chib o‘tgan. 2016-yilda Davide “Bavariya”da otasiga yordamchi bo‘ldi va u erda o‘zining taktik bilimini oshirib oldi. Shuningdek, ota-og‘il "Napoli" va "Everton"da ishlashni davom ettirishdi va 2021 yilda "Real"ga qaytishdi.

Carlo Ancelotti appoints 27-year-old son as Bayern Munich assistant coach |  The Independent | The Independent

Davide otasining o‘z falsafasini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. U o‘zini murabbiy va do‘st sifatida ko‘radigan o‘yinchilar, ayniqsa, yoshlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lib kelmoqda.

So‘nggi paytlarda kichik Anchelottining "Bazel"da ish boshlashi borasidagi mish-mishlar chiqdi, lekin "The Athletic" bunday xabarlarni rad qilib, mutaxassisni otasi bilan qolishga qaror qilganini ma’lum qildi. 

The surprising move Davide Ancelotti is planning to take this summer -  Managing Madrid

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!